Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin yangi Alphabet xolding kompaniyasi yaratilgani haqida e’lon qildi, deya xabar bermoqda Meduza. Qidiruv tizimi unga tarkibiy qismlardan biri sifatidagina kiradi. Peyj aytishicha, bu Google aktivlarini boshqarish tuzilmasini tushunarliroq qiladi.
Larri Peyjning o‘zi Alphabet’ning ijrochi direktori, Sergey Brin esa prezidenti bo‘ladi. Google’ni bevosita boshqarish ustidan nazorat kompaniya vitse-prezidenti Sundar Pichaiga o‘tadi.
AQSh birjasidagi yopilishdan keyingi savdolarda (after hours) Google aksiyalari besh foizga qimmatlashdi. Alphabet birjalarda Google o‘rnini egallaydi, eski kompaniya aksiyalari avtomatik tarzda yangi kompaniya aksiyalariga aylanadi.
Izoh (0)