Chevrolet kompaniyasi Tailandda avvalgi avlod Cruze sedanining yangilangan versiyasini namoyish etdi, deya xabar bermoqda “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati.
Avtomobilning dizayni sezilarli ravishda yangilandi: u ikki qavatli radiator panjarasi, boshqacha kapot, yorug‘lik diodli signal chiroqlari bilan integratsiyalashgan yangi old bamper bilan jihozlandi.
Sedanning dum qismi ham yangicha ko‘rinish oldi: yorug‘lik diodli orqa chiroqlar yangi Chevrolet Camaro kupesinikiga juda o‘xshash bo‘ldi, raqam taxtasi esa yukxona tomidan bamperga ko‘chdi.
Salondagi eng muhim o‘zgarish esa yetti dyuymli displey va Chevrolet MyLink dasturiy ta’minotiga ega yangi multimedia tizimi bo‘ldi.
Izoh (0)