Germaniyaning BMW, Audi va Daimler avtomobil ishlab chiqaruvchilari Nokia kompaniyasining HERE kartografik servisini sotib oldi, deya xabar bermoqda “Motor.ru”. Oldi-sotdi narxi 2,8 milliard yevroni tashkil etdi.
Avtomobil kompaniyalari servisga teng ulush bilan egalik qiladi. Xarid kelasi yilning birinchi choragida yakunlanadi.
HERE’ni xarid qilish orqali Germaniya konsernlari avtopilotli mashinalar ishlab chiqish uchun zarur barcha texnologiyalarni qo‘lga kiritadi.
Izoh (0)