O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi arafasida GM Uzbekistan kompaniyasi Chevrolet Labo avtomobilini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati.
Ushbu kichik o‘lchamdagi yuk tashish mashinasi GM Uzbekistan kompaniyasining Xorazm viloyatidagi filialida ishlab chiqarilmoqda.
O‘z navbatida Andijon viloyatidagi Asaka avtomobil zavodi ham 2016-yildan yangi avtomobil rusumini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish maqsadida yangi model loyihasini amaliyotga joriy etish bo‘yicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan 3—20-avgust kunlari Asaka avtomobil zavodining yig‘uv sexiga yangi avtomobil rusumini yig‘ish uchun mo‘ljallangan zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilishi sababli, zavodning yig‘uv sexida bir qator profilaktika va o‘rnatish ishlari olib boriladi.
Izoh (0)