“Ordabasi”ning 30 yoshli o‘zbekistonlik hujumchisi Aleksandr Geynrix 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi, deya xabar bermoqda “Olamsport.com”.
Qozog‘iston chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Irtish”ga qarshi o‘yinda Aleksandr Geynrix 87-daqiqada uchrashuv to‘xtab turgan paytda Karlush Fonsekaning oyog‘iga zarba bergani uchun qizil kartochka olgan edi.
Qozog‘iston FF reglamentiga ko‘ra o‘yin vaqtida raqibga atayin zarba berish 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya bilan jazolanadi. Ushbu jazo tufayli Geynrix 20-sentabrga qadar maydonga tusha olmaydi. O‘sha kuni chempionatning 26-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Geynrix O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchi hisoblanadi. Terma jamoa 3 va 8-sentabr kunlari JCh-2018 saralashi doirasida Yaman va Filippin termalariga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Izoh (0)