Rossiyaning Qozon shahrida tashkil etilgan suv sporti bo‘yicha jahon chempionati bahslarida yarim finalga qadar yetib borgan o‘zbekistonlik Vladislav Mustafin rossiyalik telesharhlovchi Dmitriy Guberniyevning xatosi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi, deb xabar qiladi “Sports.uz”.
Eslatib o‘tamiz, Guberniyev o‘zbekistonlik sportchini sharh vaqtida Belarus vakili sifatida tanishtirgandi.
“Juda g‘alati holat yuzaga keldi. Ma’lum bo‘lishicha, FINA (Xalqaro suzish federatsiyasi) ro‘yxatida meni nima uchundir Belarus vakili sifatida qayd etishgan ekan. Aftidan, sharhlovchi Guberniyev ham shu sabab meni shunday tanishtirgan. Albatta, startga chiqqan vaqtim hech narsani sezmadim. Bu haqda startdan so‘ng menga aytishdi. Hozir bu holatga katta murabbiyimiz oydinlik kiritmoqda”, — dedi Mustafin.
Izoh (0)