Professional tennischilarning haftalik yangi reytingi e’lon qilindi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin yakkalikda o‘tgan haftadagi o‘rniga nisbatan bir pog‘onaga pastlab, ayni paytda 71-o‘rinni egallab turibdi.
Juftlikdagi reytingda esa Istomin bir yo‘la 70 pog‘onaga ko‘tarilib olishga muvaffaq bo‘ldi. U ayni paytda 112-o‘rinni egallab turibdi. Istomin 2-avgust kuni yakuniga yetgan Gshtad turnirining juftliklar musobaqasida belaruslik Aleksandr Buriy bilan birga bosh mukofotni qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)