Misrda 6-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan ikkinchi Suvaysh kanalining ochilish marosimida kamida o‘n ming tartib saqlovchi xavfsizlikni ta’minlaydi, deb xabar beradi “TASS”.
Qurolli kuchlar yangi kanal o‘tuvchi Suvaysh, Ismoiliya va Port-Said hududlarida jamoat xavfsizligiga nisbatan tahdidlarni oldini olish uchun keng ko‘lamli operatsiyalarni amalga oshiradi.
6-avgust kuni Misrda yangi 72 kilometrlik Suvaysh kanalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Uning qurilishi iyul oyining o‘rtalarida yakunlangan edi. Misrga ushbu loyihani amalga oshirish sakkiz milliard dollarga tushdi.
Izoh (0)