Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Kabarda-Balkariya Respublikasi poytaxti Nalchikda olti nafar jangari xalqaro terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumonlanib, yo‘q qilindi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Milliy aksilterrorchilik qo‘mitasiga tayanib.
Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zararsizlantirilgan banditlar yil boshida noqonuniy holatga o‘tib, banditlar maxfiy faoliyatining markaziy sektori tarkibiga kirgan. Ular terrorchilik yo‘nalishidagi bir qator jinoyatlarni amalga oshirgan, jumladan 31-iyul kuni politsiya polkovnigini o‘ldirgan.
Izoh (0)