2007-yilgi Baja 1000 — sifatsiz yo‘llardagi poygalar musobaqasi chempioni Greg Godfri shatakchi mashinada uzunlikka sakrash bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Yuk mashinasini soatiga 112 kilometr tezlikkacha olib chiqa olgan Godfri qariyb 50,6 metr masofani uchib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
https://youtu.be/tJlB5K6JXm4
Bu 2008-yilda o‘rnatilgan avvalgi rekorddan 15 metrga ko‘p. Mazkur rekord AQShning Montana shtati Byutt shahrida tashkil etilgan Evel Knievel Days shousi vaqtida qayd etildi.
Izoh (0)