Shu yil noyabrida Zero South deya nomlangan ekspeditsiya doirasida amerikalik sayyohlar gibridga aylantirilgan Hummer H1 zanjirli yo‘ltanlamas avtomobillarida Janubiy qutbni zabt etish niyatida. Safar davomida 3D va 4K shakllarida o‘n qismli hujjatli film ham olinadi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda.
“Xammer”larni tayyorlash besh yil vaqt oldi. Ekspeditsiya uchun tanlab olingan ikki mashinaning motori ham Selsiy bo‘yicha -51 darajada ishlay oladi.
Bo‘lajak sayyohlarning aytishicha, avtomobillarni yaratishda ularga o‘zining zanjirli “Xammer”iga ega Gollivud rejissori Jeyms Kemeron yaqindan yordam bergan. U bunday mashinalarni zanjirli yo‘ltanlamas avtomobillarga aylantirish usullari bayon etilgan texnik hujjatni taqdim etgan.
Izoh (0)