Xitoy janubidagi Guansi-Chjuan muxtor tumanida oltita Vyetnam yuk kemasi halokatga uchraganidan so‘ng salkam 50 kishi qutqarib qolindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Kemalar Fanchengan dengizbo‘yi shahri yaqinida to‘ntarilib ketgani yoki sayozlikka o‘tirib qolgani taxmin qilinmoqda. Halokatga kuchli shamol va baland to‘lqinlar sabab bo‘lgan. 27-iyul, dushanba kuni kechki payt mahalliy qirg‘oq politsiyasi dengizchilar va baliqchilar yordamida 41 kishini qutqargan bo‘lsa, ertasiga 7 nafar dengizchi kemalaridan sog‘-omon topilgan.
Izoh (0)