Hozirgi kunga qadar Ukraina sharqidagi jangovar harakatlar davomida mamlakat qurolli kuchlarining 2,3 mingga yaqin harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan, 270 nafari bedarak yo‘qolgan. Bu haqda, “Segodnya.ua” xabariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-fuqarolik hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Nozdrachev ma’lum qildi.
“Aynan qancha kishi bedarak yo‘qolganini aytish qiyin. Tajriba bo‘yicha, aytilgan raqamning 40 foizi asirlikda bo‘ladi, 60 foizi esa halok bo‘lib ulgurgan. Shu sababli, bedarak yo‘qolgan deb gumon qilinayotgan 270 nafar harbiyning 70—80 nafarini asirlikda deb hisoblaymiz, qolganlar esa, afsuski, halok bo‘lgan”, — dedi Nozdrachev.
Eslatib o‘tamiz, BMTning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina sharqidagi qurolli nizo boshlanganidan beri 6,5 ming kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)