Meksikaning Chiuaua shtati sudi besh erkakni 11 nafar ayolni o‘ldirganlikda ayblab, 697 yilga ozodlikdan mahrum etdi, deya xabar bermoqda Reuters.
“Guruh a’zolari yosh ayollarni fohishabozlik bilan shug‘ullanish va narkotiklar tarqatishga majburlagan. Ayollarning xizmatiga ehtiyoj bo‘lmay qolgach esa, ularni o‘ldirib, jasadlarini tashlab yuborgan”, — deyiladi shtat Bosh prokuraturasi bayonotida.
Qamoq jazosidan tashqari, jinoyatchilar jasadlari 2012-yilda topilgan qurbonlarning qarindoshlariga 9 million peso (752 ming dollar) to‘lashi kerak.
Izoh (0)