2015-yilning birinchi yarmi davomida Tojikistonga Rossiyadan tojikistonlik muhojirlarning jasadlari ortilgan 433 ta “200-yuk” olib kelindi, deb xabar bermoqda “News.tj”. Bu 2014-yilning shu davriga nisbatan 11 kishiga ko‘pdir.
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, muhojirlar o‘limi turli sabablar tufayli sodir bo‘lgan: 19 tasida qotillik, 232 tasida kasallik, 11 tasida o‘z joniga qasd qilish va hokazo.
Tojikiston Mehnat vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2015-yil iyun oyida Rossiya hududida 1 million 543 nafar Tojikiston fuqarosi bo‘lgan. 2015-yil birinchi yarmida Rossiyaga 638 934 kishi ketgan bo‘lib, ularning 546 076 nafari migratsiya hisobiga qo‘yilgan.
Izoh (0)