Toshkent metropolitini poyezdlar tarkibini to‘liq yangilashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “Jahon” axborot agentligi. Barcha vagonlar Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodida modernizatsiya qilinadi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati vakilining so‘zlariga ko‘ra, poyezdlar tarkibining ikkita muqobil varianti mavjud bo‘lib, ulardan biri eksperiment sifatida ishga tushirilgan. Modernizatsiyalashtirilgan vagonlarning ishlash muddati 15 yilga uzaytiriladi.
Avval xabar qilinganidek, eksperiment sifatida harakatlanayotgan tarkib “Afrosiyob” tezyurar poyezdi ko‘rinishida ishlangan. Ikkinchisining dizayni ham ishlab chiqilgan, rahbariyat ikki oy ichida javob berishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, modernizatsiya va kapital ta’mirdan tashqari, kelajakada yangi vagonlar qurilishi ham rejalashtirilmoqda. Biroq bu qachon yuz berishi ma’lum emas. Ba’zi vagonlardan foydalanish muddati 2018-yilda tugashi ma’lum qilingan.
Izoh (0)