Rossiya prezidenti Vladimir Putin Litvaning aksariyat aholisi mamlakatni tark etganiga e’tibor qaratib, litvaliklarni Rossiyaga taklif qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Tez orada Kaliningrad viloyatiga hech kim kelmay qo‘yadi. Avvallari Litvada qancha aholi bor edi?”, — dedi Putin Kaliningraddagi mahalliy festival tashkilotchilari va ishtirokchilari bilan uchrashuv vaqtida.
Bunga javoban Kaliningrad viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Nikolay Sukanov sovet davrida Litvada 3,5 million kishi istiqomat qilgani, hozirgi vaqtda esa mamlakat aholisi soni 1,4 millionga yaqin ekanligini aytib o‘tdi.
“Aholining yarmidan ortig‘i Litvani tark etibdi. Yaxshisi, Rossiyaga kelishsin”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.
Izoh (0)