Iroqning Tuz-Xurmatu shahrida ikki marta portlash sodir bo‘ldi, natijada kamida 12 kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana 45 kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Terakt ikki nafar xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirildi.
Hozircha hech qaysi guruh javobgarlikni o‘z bo‘yniga olganicha yo‘q. Portlashlar IShID tomonidan uyushtirilgani taxmin etilmoqda.
Izoh (0)