Burundining amaldagi rahbari Pyer Nkurunziza prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqdi va uchinchi muddatga qayta saylandi. Bu haqda mahalliy saylov komissiyasiga tayanib, AFP agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant.ru”.
Saylov komissiyasi rahbari Pyer Klaver Ndayikariyening ma’lum qilishicha, Nkurunziza 69,41% ovoz to‘plagan. Undan keyingi o‘rinda amaldagi prezidentning asosiy raqibi Agaton Rvasa bormoqda: uning uchun saylovchilarning salkam 19 foizi ovoz bergan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Burundida prezident Pyer Nkurunzizaning mamlakat Konstitutsiyasiga zid ravishda uchinchi muddatga saylanish haqidagi qaroriga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan, shundan so‘ng ma’murlar mitinglar o‘tkazishni taqiqlab qo‘ygandi.
Izoh (0)