Avstraliyada akula hujumi natijasida dayver halok bo‘ldi. Bu haqda 25-iyul, shanba kuni The Sydney Morning Herald nashri xabar berdi.
Hodisa Tasmaniyadan sakkiz kilometr uzoqlikda joylashgan kichik Mariya-Aylend orolida yuz bergan.
Halok bo‘lgan dayver dengiz tojlarini yig‘ayotgan bo‘lgan. Hujum vaqtida shu atrofda yana 20 ga yaqin kishi shu ish bilan shug‘ullanayotgan edi.
Katta reynjer Piter Lingardning so‘zlariga ko‘ra, unga bir muddat avval orol yaqinida uzunligi 4,5 metr bo‘lgan katta oq akula ko‘ringani haqida xabar berilgan edi.
Politsiya dayverlar va qayiq egalariga suvdan uzoqroq bo‘lishni tavsiya etdi.
Izoh (0)