Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Meksikada yashin urishi oqibatida yetti kishidan iborat oila halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Hodisa mamlakatning markaziy qismidagi Guanaxuato shtatida yuz bergan. Momaqaldiroq boshlangan vaqtda oilaning barcha a’zolari dalada bo‘lgan, ular daraxt panasiga o‘tgan, shu vaqt daraxtga yashin kelib urilgan.

Hodisa natijasida uch ayol, shuningdek, to‘rt nafar bola halok bo‘lgan. Bolalarning eng kichigi uch, kattasi esa 14 yoshda bo‘lgan.

Yaqin orada bo‘lgan yana ikki kishi zarb to‘lqinidan jabr ko‘rgan, biroq ularning hayotiga hech qanday xavf yo‘q, deya xabar bermoqda Associated Press.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Nikol Pashinyan va Ilhom Aliyev 31-may kuni Kishinyovda uchrashadi
Dunyo
O‘g‘lining qabri yonida yotgan ona, Toshkentda buzilayotgan binolar, metroga yashiringan ukrainaliklar — 30-may suratlari 
Mahalliy
Ozodbek Nazarbekov “Koba san’at majmuasi” MCHJning ta’sischisi ekani tasdiqlandi