Xitoy va Eron mamlakat janubidagi Makran sohilbo‘yida ikkita yangi atom stansiyasini qurish yuzasidan kelishuvga erishdi. Bu haqda 22-iyul, chorshanba kuni Eron atom energiyasi tashkiloti prezidenti Ali Akbar Solihiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Keyingi ikki-uch yil davomida bir paytning o‘zida to‘rtta atom stansiyasi barpo etishga kirishamiz. Qurilishda 20 mingdan ortiq muhandislar ishtirok etadi”, — deya ta’kidlagan Solihiy.
Uning aytishicha, Eronda mavjud “og‘ir suv” miqdori 90 tonnadan oshadi, uran esa 7—8 tonna atrofida. Bu atom energetikasi borasida rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish uchun yetarli miqdor hisoblanadi.