AQSh kelasi yili M1 tanklari va Bradley piyodaning jangovar mashinalarini Vengriyaga yuborishni rejalashtirmoqda. “RBC.ru”ning xabariga ko‘ra, ular Vengriyadagi harbiy mashg‘ulotlarda qatnashadi.
Brave Warrior (“Jasur jangchi”) nomi ostidagi mashg‘ulotlar Vengriya g‘arbidagi Varpalota shahri ostonasida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Ukraina sharqidagi qurolli nizoga javoban NATO tomonidan tashkil etilayotgan mazkur harbiy o‘quv-mashqlarda AQSh armiyasining 2-piyoda polki qatnashadi.
Vengriyaga harbiy texnika yuborish haqidagi qaror AQShning Yevropadagi armiyasi qo‘mondoni Ben Xojes fevral oyida mamlakatga tashrif buyurgan vaqtida qabul qilingan.
Iyun oyi oxirida AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Estoniya, Litva, Latviya, Bolgariya, Ruminiya va Polshaga Amerika 250 ta tank, Bradley piyodaning jangovar mashinalari va o‘ziyurar gaubitsalarni joylashtirish maqsadida ekanligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)