Italiya politsiyasi noqonuniy o‘yin biznesiga qarshi kurash operatsiyasi doirasida 22-iyul kuni tongda 41 kishini hibsga oldi. Bu haqda “Eurointegration.com.ua” xabar bermoqda.
Italiya moliya politsiyasining mazkur operatsiyadagi asosiy nishoni Kalabriyadagi “Ndrangeta” mafiya tashkiloti edi. Operatsiya doirasida umumiy qiymati 2 milliard yevro bo‘lgan mol-mulk musodara qilingan.
Xususan, Italiyaning 45 ta va xalqaro 11 ta kompaniya mol-mulki, 1,5 ming o‘yin shoxobchalari musodara qilingan va muzlatib qo‘yilgan, shuningdek, 82 ta mahalliy va xalqaro onlayn-o‘yin saytlari yopilgan.
Hibsga olingan 41 shaxsning 28 nafari qamoqqa jo‘natilgan bo‘lsa, 13 nafari uy qamog‘iga joylashtirilgan.
Izoh (0)