Approved Index kompaniyasi tadqiqot o‘tkazib, qaysi mamlakatlarda milliarder ayollar ko‘p uchrashini aniqladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Bundan tashqari, mutaxassislar turli mamlakatlardagi badavlat ayollar va erkaklarning foiz hisobidagi nisbatini ham belgiladi.
70 ta davlatdagi 1800 nafar milliarderga oid ma’lumotlar o‘rganib chiqilganida, milliardlab boylik yiqqan ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq uchraydigan yagona mamlakat Angola ekanligi ma’lum bo‘ldi. Gap shundaki, ushbu Afrika davlatida birgina milliarder ayol bor, biroq bunday moddiy boylikka ega bironta ham erkak yo‘q.
Eng ko‘p ayol milliarderlarga ega o‘nta davlat quyidagilar:
- Angola — 1 nafar milliarder ayol (mamlakatdagi milliarderlar umumiy sonining 10 foizi)
- Chili — 12 nafar ayol milliarder (33,3 foiz)
- Peru — 6 nafar ayol milliarder (33,33 foiz)
- Monako — 3 nafar ayol milliarder (33,33 foiz)
- Shveysariya — 28 nafar ayol milliarder (27,59 foiz)
- Turkiya — 32 nafar ayol milliarder (25 foiz)
- Braziliya — 54 nafar ayol milliarder (24,07 foiz)
- Ispaniya — 21 nafar ayol milliarder (23,8 foiz)
- Shvetsiya — 23 nafar ayol milliarder (21,7 foiz)
- Koreya Respublikasi — 30 nafar ayol milliarder (20 foiz)
Izoh (0)