AQSh sobiq prezidenti katta Jorj Bush Men shtati, Kennebankport shahridagi uyida yiqilib tushib, bo‘ynining umurtqa suyagini sindirib oldi. Uni Portlend kasalxonasiga joylashtirishdi, holati esa barqaror deya baholanmoqda. Bu haqda CNN’ga tayanib, «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
“41-prezident Mendagi uyida yiqilib, bo‘yin suyagini sindirib oldi, — deya Twitter’da ma’lum qildi katta Bushning vakili va matbuot kotibi Mak-Grat. — Uning holati ko‘ngildagidek, ammo bo‘yin uchun ortopedik tutqich taqishiga to‘g‘ri keladi”.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan haftada 91 yoshli sobiq prezident turmush o‘rtog‘i Barbara bilan o‘g‘illari Jeb Bushning saylovoldi kompaniyasi doirasidagi bir necha tadbirlarda ishtirok etgan.
Izoh (0)