Chet el kompaniyalaridan biri ishga olish uchun suhbat o‘tkazayotganida nomzodlarga noodatiy sinov taklif qiladi, deb yozadi “Adme.ru”.
Ish o‘rniga talabgorlarga quyidagicha savol beriladi: tasavvur qiling, sharros yomg‘ir yog‘ayotgan tunda avtomobil boshqarib ketmoqdasiz va bekatda avtobus poylayotgan 3 kishiga ko‘zingiz tushadi. Bular:
- O‘zini yomon his qilayotgan, yordamga muhtoj qariya ayol
- Qachonlardir sizning hayotingizni qutqarib qolgan do‘stingiz
- Orzuingizdagi ayol (yoki erkak)
Siz o‘zini yomon his qilayotgan ayolni olib ketishingiz va bu bilan uning hayotini qutqarib qolishingiz mumkin. Yoki hayotingizni saqlab qolgan do‘stingizni o‘zingiz bilan olib ketib, unga minnatdorchilik bildirish uchun ajoyib imkoniyatdan foydalanarsiz? Ammo yana qachon orzuingizdagi sevgilingizni uchratish baxti sizga nasib qiladi?
Javobni o‘qishdan oldin siz bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishingiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.
Lavozimga da’vogar 200 nomzoddan faqat bittasi javob berishda ikkilanmagan va ishga qabul qilingan. Uning qarori quyidagicha bo‘lgan: “Men avtomobil kalitini do‘stimga berib, qariya ayolni shifoxonaga olib borib qo‘yishini so‘rardim. O‘zim esa orzuimdagi ayol bilan qolardim”.
Ba’zan nostandart fikrlash va ishga ijodiy yondashish orqali har qanday murakkablikdagi muammoga yechim topish mumkin.
Izoh (0)