Joys Gilos-Torrefranka ismli talaba qiz tushirgan fotosurat Internetni larzaga solib, jamoatga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
U Filippindagi Mandaue shahrida mahalliy “Makdonalds”dan tushayotgan yorug‘lik nurida dars tayyorlab o‘tirgan uysiz bolakayni ko‘rib qolib, suratga tushiradi. Keyinchalik bolakay 9 yoshda ekanligi va uni Daniel Kabrera deb chaqirishlari ma’lum bo‘ldi. Uning otasi vafot etgan, uylari yonib ketganligi uchun onasi Kristina Espinoza bilan devori yo‘q oziq-ovqat do‘konida istiqomat qiladi. Shunga qaramay, Daniel tirishqoqlik bilan o‘qiydi va politsiyachi bo‘lish orzusi bor.
Internetda bu suratni ko‘rgach, dunyoning turli nuqtalaridan qashshoq oilaga yordam yog‘ilib ketdi: Kristina homiylardan o‘z ishini boshlash uchun grant oldi, Danielga esa stipendiya va filippinlik siyosatchilar qo‘llab-quvvatlashi nasib etdi. Bundan tashqari, huquqni muhofaza etish idoralari va ijtimoiy xizmat vakillari bu kichik oilani oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda yordam beryapti.
Izoh (0)