Malayziya g‘arbida ro‘y bergan kema halokati oqibatida to‘rt kishi nobud bo‘ldi, yana uch kishi izsiz yo‘qoldi. Ekipaj a’zolaridan biri og‘ir holatda kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa Bagan Sungay sohilidan (Selangor provinsiyasi) ikki chaqirim narida bo‘lib o‘tgan. Kichik kemada o‘tganlarni xotirlash uchun ochiq dengizga yo‘l olgan 14 kishi bo‘lgan. Qutqaruv amaliyoti davom etmoqda.
Izoh (0)