“RIA Novosti” “Boeing 777 aviahalokati tekshiruvi: bir yildan so‘ng” nomi ostida savol-javob o‘yinini tashkil qildi, deya xabar bermoqda Meduza.
Mushtariylarga samolyot qachon halokatga uchragani, u qaysi reys bo‘yicha uchayotgan bo‘lgani, reysni qaysi aviakompaniya amalga oshirgani, bortda necha kishi bo‘lgani, halokatni kim tergov qilayotgani kabi savollar beriladi.
Savolga to‘g‘ri javob berilgan taqdirda “RIA Novosti” mushtariyni tabriklaydi va blogga viktorina natijasini joylashni taklif qiladi.
Savol-javob o‘yini e’lon qilinganidan biroz vaqt o‘tib, u saytdan o‘chirib tashlandi. Endi viktorina saytiga kirishga urinishda 404 xatosi chiqmoqda.
Izoh (0)