Burkina-Fasoning vaqtinchalik parlamenti mamlakat sobiq prezidenti Blez Kompaoreni davlatga xiyonatda ayblab, sudga tortish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mamlakatni 27 yil davomida boshqargan Kompaore kelgusi muddatga saylanish uchun Konstitutsiyani o‘zgartirishga uringach, poytaxt Uagaduguda boshlangan norozilik namoyishlaridan so‘ng o‘tgan yil 31-oktabrida iste’fo bergan edi. Qo‘shni Kot-d'Ivuarda yashayotgan sobiq prezidentdan tashqari uning hukumatidagi qator vazirlarga ham shunday ayblov qo‘yilgan.
Burkina-Faso siyosiy partiyalari va fuqarolik birlashmalari shu yil oktabrida prezidentlik va parlament saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishib oldi. Kompaore tarafdorlariga bu saylovlarda ishtirok etish taqiqlangan.
Izoh (0)