Muz ustida raqs bo‘yicha Olimpiada chempioni Tatyana Navka 1-avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi — Dmitriy Peskovga turmushga chiqishini ma’lum qildi, deb yozadi “Segodnya.ua”.
Sportchi Dmitriy Peskov bilan 2010-yilda umumiy do‘stlarining tug‘ilgan kunida tanishganini esga oldi. Boshida uni yoqtirmaganini, biroq Peskov xushmuomalalik va qat’iyati bilan oxir-oqibat uni o‘ziga jalb etganini aytib o‘tdi.
Nashr eslatishicha, Navka ikki karra jahon, uch karra Yevropa va yana uch karra Rossiya chempioni hamdir.
Izoh (0)