Yevrohudud Gretsiyaga moliyaviy ko‘mak berishni davom ettirish uchun ba’zi iqtisodiy choralarni taklif qilgandi. Afinada minglar greklar bu taklifga qarshi namoyish o‘tkazdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Chorshanba, 15-iyul oqshomida parlament binosi oldida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu vaqtda parlamentda kreditor mamlakatlarning taklifiga rozi bo‘lish-bo‘lmaslik masalasi ko‘rib chiqilayotgandi.
Namoyishchilar turli shisha idishlar va tosh otishni boshlaganidan keyin politsiya ko‘zdan yosh oqizadigan gazdan foydalanishga majbur bo‘ldi. Politsiya hisob-kitobiga ko‘ra, Sintagma maydoniga 12,5 mingga yaqin kishi to‘plandi.
Yevrohudud soliqlarni oshirish va nafaqalarni kamaytirish taklifi bilan chiqqandi. 5-iyul kuni o‘tkazilgan referendumda greklar bu taklifga qarshi ovoz bergandi. Ammo hukumat taklifni qabul qilishi mumkin.
Izoh (0)