Qirg‘izistonda bosh vazirning rasmiy buyrug‘i bilan, 16-iyul kuni ish vaqti ikki soatga qisqartirildi, deb xabar beradi “Knews.kg” hukumat matbuot xizmatiga tayanib.
Bunga haddan tashqari issiq ob-havo sabab bo‘lgan. Meteoxizmat prognozlariga ko‘ra, 16—17-iyul kunlari havo harorati 44—45 darajagacha ko‘tariladi. Shu tufayli Mehnat, migratsiya va yoshlar vazirligi hukumatga tegishli taklif bilan murojaat qilgan.
Izoh (0)