Dengiz chaykasi Ispaniyaning Syes orollarida germaniyalik sayyohning videokamerasini olib qo‘ydi va Atlentika okeani qirg‘oqlarini tasvirga tushirdi. Syomka davomida qushning o‘zi ham kadrga tushib qoldi, deb xabar qiladi Daily Mirror.
Sayohatchi Martin Lozano kuzatuv maydonchasida turgan chaykani suratga tushirishga qaror qiladi. Turist kamerani yerga o‘rnatadi, ammo qush o‘zi operatorlik qilishni istab qoladi hamda gadjetni olib, uchib ketadi.
Taxminan bir daqiqa davomida chayka Atlantika okeani qirg‘oqlarini suratga oldi. Qischa parvozdan keyin qush kuzatuv maydonchasiga qaytib kelganida turist undan kamerani olib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
https://www.youtube.com/watch?v=8a5ID0x932I
Izoh (0)