Korrupsiyada ayblanayotgan Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri Serik Axmetovga nisbatan ochilgan jinoiy ish sudga jo‘natildi. Bu haqda Qarag‘andi viloyati prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Axmetov, shuningdek, Qarag‘andi viloyati va Qarag‘andi shahrining qator sobiq rahbarlari mansabini suiiste’mol qilish, byudjet mablag‘larini o‘marish va tadbirkorlik faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanishda ayblanmoqda. Sobiq bosh vazir o‘ta yirik miqdorda pora olishda ham gumon qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Serik Axmetov Qarag‘andi viloyati ma’muriyati rahbari, Qozog‘iston bosh vaziri va oxirgi paytda mudofaa vaziri bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)