Shimoliy Koreyada KXDR ma’murlari fikriga ko‘ra, mahalliy Koryolink provayderiga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan Byol nomli yangi provayder internet-servisi ishga tushirildi. Bu haqda NorthKoreaTech blogi ma’lumotlariga tayanib, “Liga.net” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, yangi provayder chet ellik sayyohlarga simli Internetdan soniyasiga 1 Mb tezlikda cheklanmagan hajmda foydalanishni oyiga 660 dollar evaziga taklif etishni boshlab yuborgan. Oldinroq Koryolink foydalanuvchilarga atigi ikkita xizmatni taklif etayotgandi: mehmonlar uchun Internet va xalqaro qo‘ng‘iroqlar, aholiga – mahalliy tarmoq.
Pxenyandagi manbaning ma’lum qilishicha, endi Koryolink faqat chet elliklar bilan shug‘ullanadi, mamlakat aholisi va poytaxt mehmonlariga esa Byol xizmat ko‘rsatadi.
Izoh (0)