Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi joriy yilning 1-martidan 30-iyunigacha berilgan barcha turdagi bir martalik vizalarning amal qilish muddati uzaytirilganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
6-iyuldan vizalar muddati olti oylik bo‘ldi (bungacha uch oylik bo‘lgan). Vizalar amal qilish muddatining uzaytirilishi Koreya Respublikasiga sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha loyihalar doirasida amalga oshirildi.
Izoh (0)