Viskonsin shtati gubernatori Skott Uoker xatolik sabab o‘z tvitterida AQSh prezidenti saylovida ishtirok etishi haqida xabar qoldirdi, so‘ng uni o‘chirib tashladi. Bu haqda “RBC.ru” xabar bermoqda.
Xabarning Twitter’ga chiqib ketishi sabab hozircha noma’lum. Mikroblog vakilining so‘zlariga ko‘ra, bu Uoker jamoasining xatosi emas.
Respublikachilar partiyasi vakili Uoker AQSh prezidenti saylovida nomzod sifatida ishtirok etishi haqida rasman 13-iyul, dushanba kuni bayonot beradi.
Izoh (0)