AQShning Texas shtatida istiqomat qiluvchi Derik Jons 16 yoshli qizi Erinni selfi-tayoq yordamida o‘limdan qutqarib qoldi, deya xabar bermoqda ABC News.
Nantaket orolida dam olish vaqtida Jons qizi bilan birga Atlantika okeanida suzib, barcha voqea-hodisani selfi-tayoqqa o‘rnatilgan GoPro kamerasiga tasvirga olib ketayotgan edi.
Bir vaziyatda ular kuchli oqimga tushib qoladi, muvozanatni yo‘qotgan Erin cho‘ka boshladi, biroq ota selfi-tayoqni unga uzatishga ulguradi va shu yo‘l bilan qizning sohilga qadar suzib kelishiga yordam beradi.
Qayd etishlaricha, Erin mustaqil ravishda sohilga suzib chiqa olgan, Derikni esa so‘nggi lahzada kuchli to‘lqin qirg‘oqdan nari olib ketgan. Uning suvdan chiqishiga boshqa dam oluvchilar va qutqaruvchilar yordam bergan.
Sobiq dengiz piyodasi hisoblangan Jonsning so‘zlariga ko‘ra, bu uning hayotidagi eng dahshatli hodisa bo‘ldi.
Izoh (0)