Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, xalqaro iqtisodiy lug‘atda “sanksiyalar” so‘ziga o‘rin yo‘q. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Sanksiyalardek vosita xalqaro iqtisodiy lug‘at va muloqotdan chiqarib tashlanishi va xalqaro iqtisodiyotda undan foydalanilmasligi kerak”, — dedi Vladimir Putin Ufada bo‘lib o‘tgan ShHT va BRIKS sammitlari yakuni bo‘yicha tashkil etilgan matbuot anjumanida.
“Biz barchamiz normal, tabiiy sharoitlarda yashashimiz kerak va aynan shu holatda davomli, barqaror va xavfsiz rivojlanishni ta’minlash mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.
Izoh (0)