Sun Fa O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi yuk ko‘tarish qobiliyati bir tonnadan uch tonnagacha bo‘lgan ikki va uch g‘ildirakli motorollerlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, deya xabar bermoqda “12news.uz” “Pravda Vostoka” gazetasiga tayanib.
Farg‘onada joylashgan Sun Fa rahbari Navro‘zbek Rasulov investorlar taklifi va bevosita ko‘magi bilan rom, kuzov, zanjir, disk, chiroq va mini-akkumulyatorlardan iborat mototsikllar qismlarining deyarli 95 foizini chiqarish imkonini beruvchi 20 ta istiqbolli punktdan iborat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasini ishlab chiqdi. Bungacha ular chet eldan keltirilardi.
Kuz boshidan korxona mahsulotlarini eksport qilishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)