Bern shahrida O‘zbekiston va Shveysariya Hukumatlararo savdo-iqtisodiy hamkorlik komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Jahon” axborot agentligi. Unda ikki mamlakat vazirliklari, idoralari va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Majlis yakunlari bo‘yicha Komissiyaning yakuniy bayonnomasi hamda “O‘zbekistonda kasbiy malakalarni rivojlantirish, IV bosqich” loyihasi bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolandi.
Ertasi kuni Syurix shahrida O‘zbekiston-Shveysariya biznes-forumi o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va iqtisodiyotning yetakchi sohalaridagi asosiy istiqbolli loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)