Buyuk Britaniya, Isroil va Ispaniya astrofiziklari birinchi marta beshta kichik yulduzdan iborat tizimni kashf etdi, deya xabar bermoqda The Huffington Post. Yulduzlarning ikkitasi bir-biriga o‘ta yaqin masofada joylashgan.
1SWASP J093010.78 + 533859,5 tizimi Katta Ayiq yulduzlar turkumida Yerdan 250 yorug‘lik yili masofasida joylashgan.
Tizim ikkita qo‘sh yulduzdan iborat, ulardan birining atrofida esa beshinchi yulduz aylanib yuradi. Ikkita qo‘sh yulduz massalarning umumiy markazi atrofida 21 milliard kilometr masofada aylanadi.
Izoh (0)