London meri Boris Jonson Buyuk Britaniya poytaxtida yaqin orada to‘liq elektrda ishlaydigan ikki qavatli avtobuslar paydo bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda “3dnews.ru” xabar bermoqda.
Atmosferaga zararli gazlarni umuman chiqarmaydigan dabldekerlar BYD kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. Ularning soni qancha bo‘lishi hozircha aniq emas, ammo London ko‘chalarida ular shu yil oktabrida paydo bo‘lishi ma’lum.
Izoh (0)