Rossiya hududida bo‘lib o‘tgan Janubiy Koreya bilan muzokaralarda ishtirok etgan Shimoliy Koreya generali Pak Sin Von vaziyatdan foydalanib vatanidan qochdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
OAV xabariga ko‘ra, general mamlakatda olib borilayotgan siyosiy terror sabab KXDRdan qochishga qaror qilgan.
Avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen In yuqori martabali amaldorlar orasida namoyishkorona tozalash ishlarini davom ettirayotgani haqida xabar berilgan edi.
May oyida Shimoliy Koreya rahbari mamlakat mudofaa vazirini qatl etishga buyruq bergani ma’lum bo‘lgandi – vazir majlislar vaqtida mudrab, shu yo‘l bilan “mamlakat yetakchisiga hurmatsizlik ko‘rsatgani” uchun oliy jazoga mahkum etilgan.
Izoh (0)