Amerikaning Kalashnikov USA kompaniyasi AQShda ishlab chiqarilgan Kalashnikov avtomatlari (AK-47 modeli) sotila boshlaganini e’lon qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Qurolni ishlab chiqarishda eng yangi texnologiyalar qo‘llanildi va uning ba’zi jihatlari mukammallashtirildi.
Kalashnikov USA vitse-prezidenti Bill Silver 30-iyun, seshanba kuniyoq Amerikada ishlab chiqarilgan AK-47 AQShdagi ba’zi qurol-yarog‘ do‘konlarida paydo bo‘lganini aytdi.
Kalashnikov USA (avvalgi nomi Russian Weapon Company) “Kalashnikov” mahsulotlarining rasmiy importchisi va distribyuteri hisoblanadi. Biroq 2014-yilda Vashington Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalar tufayli uning faoliyati xavf ostida qoldi. Yanvar oyida amerikalik qurolsozlar afsonaviy avtomatlarni o‘zlari ishlab chiqarishni boshlashini e’lon qildi.
Izoh (0)