Armanistondagi norozilik namoyishlari yangi bosqichga ko‘chdi. “Segodnya.ua” xabariga ko‘ra, kommunal xizmatlar qimmatlashishidan norozi aholi hukumat vakillari bilan tezroq uchrashish maqsadida ochlik e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Armaniston poytaxti Yerevanda 22-iyundan beri norozilik namoyishlari tinmayapti. Aholi 1-avgustdan e’tiboran elektr energiya tariflari narxi o‘sishiga norozilik bildirmoqda.23-iyun kuni politsiya namoyishchilarni tarqatib yuborishga uringan, mazkur operatsiya vaqtida 240ga yaqin kishi hibsga olingandi (keyinroq ularning bari qo‘yib yuborilgan). Biroq shu kunning o‘zida, kechga borib namoyishchilar yana to‘planib, shundan beri shahar markazini tark etmayapti.
Politsiya namoyishchilarga nisbatan qator da’volarni ilgari surib, ularning tarqalib ketishini bir necha bor talab qildi, biroq namoyishchilarni kuch bilan tarqatish harakatlari boshqa kuzatilmadi.
Izoh (0)