Saudiya Arabistoni shahzodasi al-Volid bin Talal bin Abdulaziz al-Saud 32 milliard dollarga baholangan bor boyligini xayriya qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Reuters agentligi bergan xabarga ko‘ra, mablag‘ning katta qismi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etuvchi va ayollar huquqlari uchun kurashuvchi xayriya tashkilotlariga beriladi. Shahzodaning farzandlari uning qarorini qo‘llab-quvvatladi.
Shahzodaning boyliklari xayriya tashkilotlariga bir necha yil davomida o‘tkazib beriladi. Ushbu jarayon bilan Alwaleed Foundation shug‘ullanadi.
Izoh (0)