Norvegiyalik rassom Erik Pirolt shaffof konteynerga joylashtirilgan erkak byusti ko‘rinishida haykal yasadi, deya xabar bermoqda “Meduza”.
Byust oldidagi toshlavhaga: “Diqqat: haykal ko‘ziga tik boqmang”, - deb yozib qo‘yilgandi va kimki bu taqiqni buzsa, uni kutilmagan holat kutib turardi.
Biror kishi haykalga yaqinlashib kelarkan, haykalning ko‘zlaridan suv otilib chiqa boshlaydi. Suv konteynerdan tashqariga chiqmaydi, shunday bo‘lsa-da qoidabuzar-tomoshabinni yetarlicha qo‘rqita oladi.
https://youtu.be/66A5uGBqJ6o
Tomoshabinlarning reaksiyalari tasvirlangan video Pirolt tomonidan 2011-yilda internetga joylashtirgan. Biroq rolik statistikasiga qarab, 2015-yil o‘rtalariga qadar unga hech kim e’tibor qaratmaganini sezish mumkin.
Izoh (0)